O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" BAA yig'inidagi so'nggi o'yinida "Elimay" bilan durang qayd etdi

Khoja
20 fev 2026, 07:20
"Dinamo" jamoasi BAAdagi yig'ini doirasida so'nggi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Vadim Abramov shogirdlari Sharja shahrida Qozog'iston Premer-ligasi 2025 da 4-o'rinni egallagan "Elimay" klubiga qarshi saf tortdi. Qiziqarli kechgan bahsda jangovar durang qayd etildi – 2:2. Gollarga Jahongir Abdusalomov va Ulug'bek Hoshimov mualliflik qildi.

O'rtoqlik o'yini. 19 fevral. Sharja, Al Hamriyah Club.
"Elimay" (Qozog'iston) - "Dinamo" (O'zbekiston) – 2:2
Gollar: Ivan Sviridov 28, Roman Murtazaev 59 – Jahongir Abdusalomov 38, Ulug'bek Hoshimov 84.
Dinamo: Nemanov, O'rozov, Dembele, Jumaboev, Qodirqulov, To'xtasinov, Mavretich, Sarfo, Abdusalomov, Hojimirzaev, Abdurahmonov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Yagudin, Sanches, Brazil, Mustafoev, Salou, Amonov, Xalilov, Abdumannonov, U.Hoshimov, Xudoyberdiev

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @pfdinamo_uz