

Bugun uchrashuv oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda o'yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi to'liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv ertaga 9 oktyabr kuni “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da start oladi.




