Omar Xrbin qishda Misrga ketadi

Xayrulla Xoliqov
21 sen 2018
Suriya terma jamoasining eng yaxshi hujumchisi Omar Xrbin qishda "Al Hilol"ni tark etadi.

Arab saytlarining yozishicha, 2017 yil Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Xrbin ijara asosida Misr klubi "Piramids"ga o'tadi. Bunga sabab "Al Hilol"ga yangi hujumchi Bafetimbi Gomis kelib qo'shilgani.

Misrga boradigan Omar Xrbin "Piramids" bilan olti oylik shartnomaga imzo chekadi. "Al Hilol"ga yangi bosh murabbiy etib Jorje Jezus tayinlanganidan beri suriyalik hujumchi zaxirada qolib ketmoqda. Bu esa 24 yoshli futbolchiga yoqmayapti. Shu bois u Misrga kyetishga rozi bo'ldi.

"Al Hilol" Bafetimbi Gomis uchun 14 million dollardan voz kechdi. Tabiiyki bunday summaga kelgan hujumchining asosiy tarkibda o'ynashiga to'g'ri keladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com