“Oltin to'p”ga da'vogar 30 futbolchi e'lon qilindi (to'liq tarkib)

Aslanov Jasurbek
10 okt 2017, 00:14
France Football nashri “Oltin to'p” sovriniga da'vogar 30 nafar futbolchining ism-sharifini e'lon qildi.

Ushbu sovrin 2017 yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchiga topshiriladi. Nomzodlar orasida eng ko'pi “Real” futbolchilari hisoblanadi. Amaldagi YCHL g'oliblaridan 7 nafari “Oltin to'p”ga da'vogar bo'lib turibdi.

“Oltin to'p”ga da'vogarlarning to'liq ro'yxati:

Neymar (PSJ), Paulo Dibala (Yuventus), Luka Modrich (Real), Marselo (Real), N’Golo Kante (Chelsi), Luis Suares (Barselona), Serxio Ramos (Real), Filippe Koutino (Liverpul), Yan Oblak (Atletiko), Dris Mertens (Napoli), Robert Levandovski (Bavariya), Garri Keyn (Tottenxem Xotspur), David de Xea (Manchester Yunayted), Edin Jeko (Roma), Kevin De Bryoyne (Manchester Siti), Janluiji Buffon (Yuventus), Antuan Grizmann (Atletiko), Radamel Falkao (Monako), Toni Kroos (Real), Sadio Mane (Liverpul), Lionel Messi (Barselona), Per-Emerik Obameyyang (Borussiya D), Edinson Kavani (PSJ), Mats Xummels (Bavariya), Karim Benzema (Real), Krishtianu Ronaldu (Real), Eden Azar (Chelsi), Leonardo Bonuchchi (Milan), Isko (Real) va Kilian Mbappe (PSJ).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football