

Oradan roppa - rosa 12 kun o'tib, navbatdagi hisobotni e'lon qilamiz.
Odatdagidek, "Qo'qon-1912" jamoasining rasmiy sayti eng ko'p xabarlarni chop etgan. To'g'ri xabarlar soni bundan ham ko'p aslida, ammo biz faqatgina klubga doir xabaralarni ro'yxatga olamiz.
Lekin sifat borasida eng faol sayt "Bunyodkor" klubiga tegishli bo'lib turibdi. Klub foto va videolar bilan ham yaxshi ishlashni yo'lga qo'ygan.
"Lokomotiv" sayti esa boshqalarga qaraganda bolalar futboliga ham asosiy tarkibiga e'tibor bergandek qaraydi.
Quyidagi jadval 22 iyuldan to 4 avgustga qadar bo'lgan ma'lumotlar asosida tuzildi.
| Klub | Sayt | Matn | Galereya | Video | O'rin |
| Paxtakor | pakhtakor.uz | 9 | 2 | 0 | 8 |
| Lokomotiv | lokomotiv.uz | 19 | 3 | 0 | 3 |
| Nasaf | fcnasaf.uz | 12 | 1 | 0 | 6 |
| Bunyodkor | fcbunyodkor.com | 21 | 1 | 2 | 2 |
| Neftchi | fcneftchi.uz | 5 | 0 | 0 | 9 |
| Olmaliq | fc-olmaliq.uz | 10 | 0 | 0 | 7 |
| Metallurg | metallurg-pfc.uz | 5 | 0 | 0 | 9 |
| Qizilqum | fcqizilqum.uz | 4 | 0 | 0 | 10 |
| Sho'rtan | fcshurtan.uz | 9 | 0 | 0 | 8 |
| Mashal | fcmashal.uz | 15 | 2 | 2 | 5 |
| Qo'qon-1912 | kokand1912.uz | 23 | 0 | 0 | 1 |
| So'g'diyona | fcsogdiana.uz | 10 | 0 | 1 | 7 |
| Dinamo | fcdinamo.uz | 18 | 0 | 0 | 4 |
| Andijon | andijon-pfc.uz | 15 | 0 | 0 | 5 |
| Buxoro | pfcbuxoro.com | 19 | 1 | 0 | 3 |
| Navbahor | texnik nosozlik | - | - | - | - |
Keyingi safar saytlarning rus va ingliz tilidagi bo'limlariga ham alohida e'tibor beramiz.



