

Biz ortda qolgan 7ta o'yinda qayd etilgan e'tiborga molik jihatlar haqida ma'lumot beramiz.
"Qo'qon-1912" - "Obod"
Qo'qonliklar mavsumning ilk turini o'z maydonida "Obod"ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchdi. Murod Ismoilov shogirdlari o'tgan yil ham 1-turda Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib shu hisobda g'alaba qozongan edi. "Obod" esa oliy ligadagi dastlabki rasmiy uchrashuvida mag'lub bo'ldi.

"Bunyodkor" - "Neftchi"
Oliy liganing 1-turida "Bunyodkor" klubi Toshkentda "Neftchi"dan 2:0 hisobida ustun keldi. Shu tariqa "Bunyodkor" ikki yillik tanaffusdan so'ng o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etdi. "Qaldirg'ochlar" so'nggi bor 2013 yil o'z uyida Farg'ona klubini taslim qilishgandi. 2014 yil durang (1:1) o'ynagan va o'tgan yil mag'lub bo'lgandi (0:1).

"Buxoro" - "Olmaliq"
Jamshid Saidov boshchiligidagi "Buxoro" dastlabki turni o'z uyida "Olmaliq"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ikkala gol ham penaltidan urildi. Ma'lumot uchun, o'tgan yil buxoroliklar 30ta turda jami 2ta penalti tepishgandi. Bu yil ilk turning o'zida o'tgan yilgi natija qaytarildi.

"Qizilqum" - "Mashal"
Navoiy klubi o'z uyida "Mashal"ni 3:2 hisobida taslim qildi. Shunday qilib, "Qizilqum" o'zi uchun qora ananani buzdi. Jamoa o'z uyida bu raqibga qarshi kechgan oxirgi 9ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagandi. Nihoyat 10-uchrashuvda "oltin izlovchilar" g'alaba qozonishdi. Bundan tashqari "Mashal" hujumchisi Shahboz Erkinov

"Metallurg" - "So'g'diyona"
Bekobod klubi o'z maydonida "So'g'diyona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlar safida Zohid Abdullaev dublga erishdi. Hujumchi o'tgan yil mavsum davomida atiga 1ta gol urgandi. Abdullaev so'nggi bor 2012 yil dublga erishgandi.

"Nasaf" - "Sho'rtan"
"Ajdarlar" mavsumni o'z uyida "Sho'rtan" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi - 2:1. Shunday qilib, "Nasaf" ketma-ket beshinchi bor Qarshida G'uzor klubini mag'lub etdi. Bundan tashqari, "Nasaf" hujumchisi Ilhom Shomurodov oliy ligadagi o'zining yubiley 60-golini urdi.

"Navbahor" - "Lokomotiv"
Namanganning "Navbahor" klubi mavsumni "Lokomotiv"ga qarshi bahs bilan boshladi va 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Shu tariqa, "temiryo'lchilar" ketma-ket beshinchi yil Namangandan mag'lub bo'lmay qaytishdi. Bundan tashqari "Loko"ning oliy ligadagi umumiy g'alabalari soni 140taga etdi.




