"Bavariya" afsonasi katta pul sarflasa-da, YCHLni yutolmayotgan francuz klubi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 20:50
Germaniyaning "Bavariya" klubi bosh direktori Oliver Kan klubning yangi mavsumdagi maqsadlari to'g'risida gapirdi.

"Biz yulduzlar va yoshlar bilan birga jahon darajasidagi futbol namoyish qilmoqchimiz. Germaniya chempionatida ketma-ket 10 marta g'alaba qozonish o'ziga xos natija bo'ladi. Yevropa turnirlarida ham g'olib bo'lishni xohlaymiz. Buning uchun bizda yaxshi imkoniyat borligiga aminman. Biz Chempionlar Ligasida g'olib chiqishni xohlaymiz. "Bavariya"ning hozirgi tarkibi unda g'alaba qozonishi mumkin. Muvaffaqiyatimizning sababi - jamoada raqobatdoshlikning ustunligidir. PSJ katta sarmoya kiritmoqda, ammo hali Chempionlar Ligasida g'olib chiqmadi. Men xavotirga tushmayapman", - deydi sobiq darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/oliverkahn