Oliver Kan televideniega qaytmoqda

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025
"Bavariya" sobiq darvozaboni Oliver Kan yana televidenieda ishlaydi.

Yangi mavsumdan boshlab u "Sky Sports News" telekanalining "Triple – the Hagedorn Football Talk" dasturining doimiy mehmoni bo'ladi.

UEFA Chempionlar Ligasining barcha haftalarida har payshanba kuni efirga uzatiladigan dasturda u Roman Vaydenfyoller, mezbon Rikkardo Bazile va yana bir yuqori martabali mehmon bilan birga joriy futbol voqealarini muhokama qiladi.

56 yoshli mutaxassis futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng ko'p yillar davomida TV eksperti, keyin esa "Bavariya" bosh direktori bo'lib ishladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sport.sky.de