Olamsport: Hozircha uch bokschimiz yarim finalda, oldinda yana 5 ta jang bizni kutmoqda!

Aziz Tukhtamuradov
29 avg 2017, 20:38
Germaniyada boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun 9 nafar bokschimiz JCHda yarim final yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi. Ularning 4 nafari hozircha jangini o'tkazib bo'ldi.


Sanjar Tursunov jahon chempionati yarim finaliga yo'l oldi


Hakamlar Isroil Madrimovni jahon chempionati yarim finaliga chiqishiga yo'l qo'ymadilar


Iqboljon Xoldorov germaniyalik bokschini mag'lub etib, JCH yarim finaliga chiqdi


Hasanboy Do'smatov hindistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi


Bizni oldinda yana 5 nafar bokschimiz ishtirokidagi jang kutmoqda:


-52kg: Jasurbek Latipov - Seiber Segura (Kolumbiya) (22:10dan so'ng)

-60kg: Elnur Abduraimov - Otar Eranosyan (Gruziya) (22:40 dan so'ng)

-69kg: Shahram G'iyosov - Pat MakKormak (Angliya) (22:55dan so'ng)

-81kg: Bektemir Meliqo'ziev - Erik Aljanov (Qozog'iston) (23:20dan so'ng)

+91kg: Bahodir Jalolov - Kamishbek Konkabaev (Qozog'iston) (23:45dan so'ng)

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com