Oksleyd-Chemberlen: Uch oydan keyin safga qaytaman deb umid qilaman

21 avg 2013, 09:43
"Arsenal" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani haqida xabar bergandik. U o'zining holati haqida izog' berib o'tdi.
"Mavsum avvalidayoq shunday jiddiy jarohat olganimdan juda hafaman. Biroq men tiklanish uchun qattiq ishlayman va umid qilamanki, uch oylardan keyin safga qaytaman. Hammaga meni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun raxmat!", deb yozadi Aleks o'z tvitterida.

Manba: sports.ru