OKMK sobiq futbolchisi Xitoy Superligasida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 fev 2024, 18:23
OKMK klubi sobiq hujumchisi Martin Boake faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qildi.

Xitoy Superligasi ishtirokchisi "Cindao Junnen" klubi Martin Boake bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi. Boake erkin agent sifatida Xitoy klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ma'lumot uchun, italiyalik hujumchi 2021-2023 yillarda O'zbekistonda ("Andijon" va OKMK) faoliyat olib bordi. Martin Superligada 76ta o'yinda 24ta gol urdi, O'zbekiston kubogida 15ta uchrashuvda 8ta to'p kiritdi, OCHLda 7ta bahsda 2ta gol urdi.

Ayni paytda 28 yoshli futbolchi transfermarkt portali tomonidan 400 ming evroga baholanmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia