

Olmaliqning OKMK klubining PFLga topshirgan qaydnomasi e'lon qilindi.
E'tiborlisi qaydnomadan tajribali Murodjon Toshmatov va Mirg'iyos Sulaymonov joy olmagan. Ikkala futbolchining OKMK bilan amaldagi shartnomasi bor, biroq PFLning talabi bo'yicha qaydnomada 2000 yilda tug'ilgan va undan katta futbolchilarning soni 20 nafardan oshmasligi shart. Toshmatov va Sulaymonov aynan shu talab sababli ro'yxatdan o'tkazilmadi.
Ikkala futbolchida faoliyatini Pro liga yoki xorijda davom ettirish imkoniyati bor. Sababi Pro ligada transfer oynasi 28 fevral kuni yopiladi.



