Murodjon Toshmatov: "Birinchi professional shartnomam "Lokomotiv"da bo'lgan"

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 16:26
OKMKdan "Lokomotiv"ga o'tgan futbolchi Murodjon Toshmatov faoliyatidagi ilk professional shartnomasi aynan "temiryo'lchilar" bilan bo'lganini ma'lum qildi.

"Birinchi professional shartnomam "Lokomotiv"da bo'lgan. 2010 yil "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasiga ko'rikka kelganman. O'shanda meni yoshlikdagi murabbiyim Grigoriy Roziev tavsiya qilgandi. Ko'rikdan o'tib, "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan shartnoma imzolaganman. O'sha yillari katta futbolchi bo'lish uchun asosiy qadamni tashlaganman. Buning uchun otam, amakim va yoshligimdagi murabbiyimdan bir umr minnatdorman", - dedi Murodjon Toshmatov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати