OKMK 11 yildan so'ng Olmaliqda "Navbahor"ga 3 ta gol urdi

Iskandarov Abdulaziz
8 noya 2025, 17:34
Kecha Superliganing navbatdagi turida OKMK va "Navbahor" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Darvozalarga 4 ta gol urilgan oqshomda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa OKMK 11 yildan so'ng yana Olmaliqda "lochinlar" darvozasiga 3 ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Jamoa oxirgi marotaba 2014 yilgi mavsumning 25-turida shunday ko'rsatkich qayd etgan (3:1) edi. O'shanda gollarga Azamat Isroilov, Sanjar Shoahmedov (dubl) mualliflik qilishgan. 

OKMK keyingi turni 20 noyabr kuni Termizda "Surxon"ga qarshi o'tkazsa, "Navbahor" 22 noyabr sanasida "Mashal" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia