OFKga a'zo Futbol Federatsiyalari reytingida O'zbekiston 9-o'rinda

Narzulla Saydullayev
29 okt 2016, 12:46
Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo mamlakatlar federatsiyalarining yangi reytingi ma'lum qilindi.

Unga ko'ra O'zbekiston Futbol Federatsiyasi 9-pog'onani band etib turibdi. Klublar hamda milliy terma jamoa o'yinlari hisobga olinadigan ushbu reytingda O'zbekiston 58.51 ochko to'plagan. Shundan klublar hisobiga 36.39 ochko to'g'ri kelsa, terma jamoa 22.12 ochko jamg'argan.

Bu reytingda Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 92.94 ochko bor.

Reytingning top 10 ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan.

  1.   Janubiy Koreya – 92.94
  2.   BAA – 86.37
  3.   Saudiya Arabistoni – 84.68
  4.   Eron – 79.62
  5.   Qatar – 77.48
  6.   Yaponiya – 73.85
  7.   Avstraliya – 73.13
  8.   Xitoy – 72.64
  9.   O'zbekiston – 58.51
  10.   Iroq – 37.87

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com