O'FA texnik direktori Trenerlik konvenciyasi bo'yicha OFKning maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019, 12:06
Bilasiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan muntazam ravishda trenerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha OFKning maxsus kurslari o'tkazib kelinadi.

Bu borada olib borilayotgan ishlar samarasi o'laroq O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Shovkat Imamov qita futbol uyushmasining Trenerlik konvenciyasi bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi.

Ayni kunlarda mazkur konvenciya bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi Kuvaytda bo'lib turibdi va Kuvayt futbol federatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan trenerlar talimi bo'yicha kurslar, bu borada olib borilayotgan ish jarayoni tekshirib, baholanmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz