O'FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi

Alisher
13 avg 2019, 13:24
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar, o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib, oldindagi mas'uliyatli musobaqa – U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirishdi.

MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichga barcha masalalarda to'liq ishonch bildirishi va qo'llab-quvvatlashini bildirib o'tdi.

O'z navbatida O'FA hamda MOQ rahbariyati O'zbekiston olimpiya terma jamoasining qita chempionatiga munosib hozirlik olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirib, asosiy maqsad – Tailandda o'tadigan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish va Olimpiada o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish ekanini aytib o'tishdi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz