Odil Ahmedov va Vladimir Kozak "Navbahor" mashg'ulotlarida qatnashishdi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2019, 23:17
Xabar berganimizdek, 10 dekabrdan "Navbahor" mahalliy futbolchilar bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagandi.

“Lochinlar” bugun ham “Markaziy” o'yingohning zaxira maydoni yonida joylashgan mini – futbol maydonchasida mashg'ulot o'tkazishdi.

Tayyorgarlik jarayonini doimgidek, “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - A'zam Rajabboev va Mustafo Bayramov olib borishdi.

E'tiborlisi, “lochinlar”ning bugungi mashg'ulotida O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar namanganlik vakili – Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov hamda “Paxtakor” himoyachisi Vladimir Kozak ishtirok etishdi.

Takidlash joizki, mazkur futbolchilar o'z sport formalarini yo'qotmaslik maqsadida, “Navbahor” a'zolari bilan birgalikda shug'ullanishdi.

Shuningdek, namanganliklarning bugungi tayyorgarlik jarayonini yakuniga etgan mavsumning 1-davrasida "Navbahor" sharafini himoya qilgan, 2-davrada esa Samarqandning “Dinamo” klubida to'p surgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov ham kuzatganligini takidlash joiz.

Futbolchilarga mashg'ulotlarda kuch-quvvat tilab qolamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz