OCHL. "Bunyodkor" so'nggi turda istalgan hisobda yutsa keyingi bosqichga chiqadi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2014, 09:45
Kecha OCHL guruh bosqichi 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Bunyodkor" o'z uyida "Al Fath"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. "Fulad" ham o'z maydonida "Al Jaish"dan ustun keldi - 3:1. Shu tariqa, "qaldirg'ochlar"da oxirgi turdan oldin keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qoldi.

OCHL reglamentiga ko'ra guruhda ochkolar teng kelib qolsa BIRINCHI bo'lib shu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlarga qaraladi. "Bunyodkor" Qatarda 1:0 hisobida g'olib bo'lsa ham keyingi bosqichga chiqadi. Sababi "Al Jaish" bilan "Bunyodkor"ning ochkolari 8tadan bo'ladi. O'zaro o'yinlarda ikkala jamoa bittadan g'alabaga erishishgan bo'ladi. Toshkentdagi bahsda "Bunyodkor" 1:2 hisobida yutqazgan.

To'plar nisbati 2:2. Gap shundaki OCHL reglamenti Yevropa Chempionlar ligasi reglamentidan farq qiladi. Yani safarda urilgan gol qoidasi bu vaziyatda hech qanday rol o'ynamaydi. 2:2 bu holatda ham tenglik bo'lsa jamoalarning guruh bosqichidagi umumiy to'plar nisbatiga qaraladi.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Fulad53206 - 2411
2Al Jaish
52215 - 418
3Bunyodkor51225 - 6-15
4Al Fath
50232 - 6-42


Hozir "Al Jaish"da +1 (5:4), "Bunyodkor"da -1 (5:6). So'nggi turda "Bunyodkor" 1:0 hisobida g'alaba qozonsa "Bunyodkor"da 6:6, "Al Jaish"da 5:5 bo'ladi. Bunday holatda OCHL reglamentiga ko'ra qaysi jamoa ko'proq gol urgan bo'lsa o'sha ustun bo'ladi.

Xullas, "Bunyodkor" oxirgi turda g'alaba qozonsa bas. Keyingi bosqich yo'llanmasi naqd bo'ladi.

YCHL va OCHL reglamentining farq qilgani yaxshi ekan... 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia