

Undan oldin esa ortda qolgan 3-turga oid ayrim statistikalarni keltirib o'tmoqchimiz. Ma'lumotlarni OFK taqdim etdi.
- "Al Hilol" o'z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar ligasida ketma-ket 5ta g'alabani qo'lga kiritdi. Bu nafaqat riyodliklar uchun, balki butun musobaqa uchun rekorddir. Yani, shu kungacha hech bir klub ketma-ket besh uchrashuvda g'alaba qozonmagandi;

- "Al Ayn" (BAA) o'zining OCHLdagi eng uzun g'alabasiz seriyasini qayd etdi. "Al Sadd" bilan o'yindagi 3:3 hisobidan so'ng amirliklarning g'alabasiz seriyasi 11ta uchrashuvga etdi (3 durang, 8 mag'lubiyat). Bundan tashqari, jamoa musobaqadagi eng uzun mag'lubiyatli seriyasiga barham berdi. "Al Ayn" ketma-ket 5 o'yindan beri yutqazib kelishayotgandi;

- "Al Ayn" bilan o'yindagi 3:3 hisobi "Al Sadd" uchun Chempionlar ligasidagi eng samarali durang (eng ko'p gol urilgan). Shuningdek, bu OCHL tarixida 2019 yilning aprelida "Shanxay SIPG" va "Sidney" o'rtasidagi o'yin (3:3)dan keyin eng samarali durangni takrorlanishi bo'ldi;

- "Al Sadd" yarim himoyachisi Santi Kasorla Osiyo Chempionlar ligasidagi debyut golini o'zining birinchi aniq zarbasidayoq kiritdi;

- "Al Nassr" hujumchisi Abdulrazzoq Hamdallah Chempionlar ligasida ketma-ket ettinchi o'yinda gol urdi (8ta gol). 2013 yil ("Opta" musobaqaning statistikasi bilan to'liq shug'ullanishni boshlaganidan beri)dan beri faqatgina Xalk turnirda ko'proq ketma-ket o'yinlarda gol urgan ("Shanxay SIPG" tarkibida 2017 yil ketma-ket 9 uchrashuvda gol urgan);

- Abdulrazzoq Hamdallah 4ta gol bilan OCHL-2020 to'purari bo'lib turibdi. U ana shu 4 golini bor yo'g'i beshta aniq zarbadan keyin kiritgan.



