

O'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ushbu o'yinda hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Bo'lajak o'yinda quyidagi rasmiylar ishlaydi:
Bosh hakam: Adham Muhammad Tumah (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Ahmad Muannas va Iso Mahmud al-Amaviy (ikkalasi Iordaniya)
Zaxira hakami: Ahmad Faizal Muhammad Alali (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Gutam Kar (Hindiston)
Hakamlar nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O'zbekiston)
Ma'lumot uchun, “Lahviya” va “Al-Fotih” klublari o'rtasidagi o'yin 9 may kuni Doha shahridagi Abdullah Bin Khalifa stadionida o'tkaziladi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:30 da boshlanadi.


