

O'zbekistonning "Lokomotiv" klubi guruh bosqichida mag'lub bo'lmagan ikki jamoadan biriga aylandi. "Temiryo'lchilar" "A" guruhidagi 6ta o'yinning 2tasida g'olib bo'lishdi va 4ta durang qayd etishdi.
"B" guruhida Eronning "Zob Ahan" klubi 4 g'alaba va 2 durangga erishdi. Qolgan 30ta klub guruh bosqichida kamida bir marta mag'lubiyatga uchradi.



