OCHL-2014: “Qaldirg'ochlar”ning parvozi uzoq bo'lsin! (Prevyu)

Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 12:10
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy o'yinini bugun “Al-Fath”ga qarshi safarda o'tkazadi.
Bu uchrashuvning o'zbekistonlik futbol ishqibozlari intiqlik bilan kutishmoqda. Jamoalarimizning yangi yildagi ilk rasmiy o'yinlari biz uchun omadsiz boshlangan edi. Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari OCHL erta yakun topgandi. Umid qilamizki, bugun “qaldirg'och”lar ushbu omadsizlikni takrorlashmaydi va o'zbekistonlik mingalb futbol muxlislariga ajoyib o'yin va g'alabani taqdim etishadi.

Endi xususan o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, Mirjalol Qosimov jamoasi mavsumga tayyorgarlikni yaxshi o'tkazishdi. Bir qator tashkil etilgan yig'inlar va mashg'ulotlardagi mehnatlari xosilini bugun yashil maydonda chamalaydigan vaqt keldi.



“Bunyodkor” ushbu mavsumga avvallarigan farqli ravishda, ko'plab o'zgarishlar bilan yetib keldi. Jamoani bir nechta asosiy tarkib futbolchilari tark etishdi. “Qaldirg'och”lar tarkibiga Vohid Shodiev, Rustam A'zamov, Mansur Saidov, Bobur Akbarov, Pavel Bugalo, Sergey Simonenko va Karlos Koto kabi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Qosimov jamoasidagi eng katta yo'qotish bu albatta Ignatiy Nesterov bo'ladi. Ushbu tajribali posbonni o'rnini to'ldirish oson kechmaydi. Qolgan chiziqlardagi o'zgarishlar aytarli sezilmasligi mumkin. Lutfulla To'raev va Jasur Hasanov kabi futbolchilar o'tgan mavsumda yorqin futbol ko'rsatib bera olishmagan edi. Qaytangga ularni o'rnida harakat qilgan Dilshod Jo'raev va Sardor Rashidov kabi yoshlar mazmunli o'yin ko'rsatib, asosiy tarkibdan bu ikki futbolchini chiqarib yuborishga muvofaq bo'lishgandi.



“Bunyodkor” jamoasi o'yin uslubida ham o'zgarish ko'rsak ajab emas. Tarkib deyarli yangilandi. Himoyada katta o'zgarishlar kuzatilmadi. Artyom Filipposyan o'rniga futbolchilik faoliyatida etarlicha tajriba to'plagan Simonenko keldi. Endilikda himoya markazida Hayrulla Karimov bilan birgalikda ushbu legioner futbolchi harakat qilishi mumkin. “Bunyodkor” safiga kelib qo'shilgan Rustam A'zamov, Shukurali Po'latov  va Bobur Akbarov kabi futbolchilarni ushbu o'yinda asosiy tarkibda ko'rmasak kerak. Bu futbolchilar hali jamoaga to'liq kirishib ketishlari uchun vaqt talab etiladi. Yarim himoya chizig'iga “Neftchi”dan tajribali Mansur Saidov taklif etildi. Lekin bu futbolchi jamoa bilan Saudiya Arabistoniga uchmadi. Shuningdek, ushbu chizig'da Lutfullo To'raev o'rniga ispaniyalik iqtidor Karles Koto taklif qilindi. Ushbu futbolchini amalda nimalarga qodiriligini bilmaymiz. Katta ehtimol bilan bugun Qosimov bu futbolchiga imkon beradi. Qosimovni takidlashicha, Koto to'p bilan juda yaxshi muomalada bo'la oladi, yuqori texnika sohibi va aniq to'p uzatish qobiliyatlari uning asosiy yutug'i ekan. Bugungi uchrashuvda qisman bo'lsada, ushbu futbolchini qanday o'yin ko'rsata olishi haqida bilib olamiz.



“Bunyodkor” – “Al-Fath” uchrashuvini Aleksandr Pishur yakka hujumchi sifatida boshlashi haqiqatga yaqinroq. Anvar Berdiev, Bahodir Pardaev yoki Voxid Shodievlardan biri unga yordamlashishi mumkin, agarda Qosimov ikki hujumchi bilan harakat qilishni lozim topsa.

Mirjalol Qosimov jamoa tarkibini yosh, shijoatli futbolchilar va tajribali charm to'p ustalari bilan uyg'unlashtirmoqda. Bu amalda qanday natija berishini vaqt ko'rsatadi.

Raqib haqida to'xtaladigan bo'lsak, “Al-Fath” jamoasi uchun bu o'yin ularning OCHLdagi debyut bahsi sanaladi. Saudiya Arabiston klubi ushbu musoboqada ilk bor qatnashmoqda. Albatta bu borada “Bunyodkor” jamoasi tajribali hisoblanishadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, “Al-Fath” klubi katta ishtiyoq bilan harakatlanadi. Yanayam o'z muxlislari qarshisida, debyut bellashuvida bor kuchlarini sarflashlariga shubha yo'q. Jamoa safida to'rtta legioner futbolchi to'p suradi. Tunislik himoyachi Ammar Jemal, kongolik hujuchi Doris Salumo, livanlik yarim himoyachi Muhamad Haydar va braziliyalik Elton kabi futbolchilar “Al-Fath” jamoasida harakat qilishadi. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu bellashuv har ikkala jamoa uchun oson kechmasligi aniq.  



“Al-Fath” haqida qisqacha ma'lumot:
Tashkil topgan yili: 1958 yili.
Erishgan yutuqlari:
Saudiya Arabistoni chempioni: (2012-2013),
Saudiya Arabistoni superkubogi sohibi: (2013).
Klub prezidenti: Abdulaziz Alafaliq.
Bosh murabbiyi: Fazi Al-Jabal.

“Al-Fath” tarkibi:
1.Muhammad Al-Qmich.
4.Bader Al-Naxli.
5.Ammar Jemal. (Tunis)
6.Ahmed Al-Sultan.
7.Hamdan Al-Hamdan.
8.Husain Al-Maqaxoy.
9.Doris Salumo. (Kongo)
11.Fahan Al-Saud.
12. Al-Mazyadi.
13.Fayoz Al-Aliyani.
14.Mohammad Al-Faxed.
15.Bader Al-Xamis.
16.Mishaal Al-Saeed.
17.Abdulloh El-Abdulloh.
18.Nux Al-Musa.
19.Ahmed Al-Sumeyri.
20.Sultan Al-Shamri.
21.Muhamad Haydar. (Livan)
22.Abdulloh Al-Auchir.
24.Muhammad Nami.
25.Abdulla Al-Dossari.
32.Abdulaziz Abo Saqra.
34.Muhammad Al-Breh.
50.Shafi Al-Dossari.
66.Abdulrahmon Al-Qahtoni.
77.Elton.
80.Muborak Al-Sulton.
88.Muborak Al-Asmari.



Shu kungacha “Bunyodkor” klubi OCHLda 52 uchrashuvda maydonga tushgan. Mirjalol Qosimov jamoasi shu o'yinlarning 22 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 15 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Qolgan 15 ta bahsda g'oliblar aniqlanmagan, yani durang natijasi qayd etilgan. Toshkent klubi raqiblar darvozasiga 67 bor yo'l topa olgan va o'z darvozasidan 63 marta to'p o'tkazib yuborgan.

“Bunyodkor” jamoasining OCHL natijalari:
2008 yil  – 10 uchrashuv, 6 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 2 durang. To'plar nisbati: 16-8.
2009 yil – 9 uchrashuv, 4 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 2 durang. To'plar nisbati: 10-14.
2010 yil – 7 uchrashuv, 3 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durang. To'plar nisbati: 10-10.
2011 yil – 7 uchrashuv, 2 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 3 durang. To'plar nisbati: 9-10.
2012 yil – 11 uchrashuv, 5 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 2 durang. To'plar nisbati: 15-16.
2013 yil – 8 uchrashuv, 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 5 durang. To'plar nisbati: 7-5. 



25 fevral, seshanba.
Osiyo Chempionlar ligasi-2014, “B” guruhi 1-tur.
“Al-Fath” – “Bunyodkor” (22:00 “Sport”)
Hakamlar
: Kim Dong Jin, Jyong Xae Sang, Yang Byong Eun (Koreya Respublikasi)
Taxminiy tarkiblar:
“Al-Fath”:
Muhammad Al-Qmich, Ammar Jemal, Ahmed Al-Sultan, Mishaal Al-Saeed, Shafi Al-Dossari, Abdulla Al-Dossari, Fahan Al-Saud, Hamdan Al-Hamdan, Al-Qahtoni, Doris Salumo, Elton.
Bosh murabbiy: Fazi Al-Jabal.
“Bunyodkor”: Murod Zuhurov, Hayrulla Karimov, Sergey Simonenko, Sahob Jo'raev, Akmal Shorahmedov, Javlon Ibrohimov, Karles Koto, Dilshod Jo'raev, Oleg Zoteev, Sardor Rashidov, Aleksandr Pishur.
Bosh murabbiy
: Mirjalol Qosimov.

Bugungi bahsda “qaldirg'och”larga omad va zafarlar tilab qolamiz! Ilk o'yinda ilk g'alaba va ilk 3 ochko bilan qaytishlarini tilab qolamiz!

“Bunyodkor”ning OCHLdagi 7 mavsumi “qaldirg'och”lar uchun omadli kelsin!

Shahboz Beg'amov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia