"Obod": "So'g'diyona"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 16:08
Oliy liganing 24-turida "Neftchi"ni qabul qilib 2:1 hisobida g'alaba qozongan "Obod" klubi futbolchilari qisqa tatilga chiqqandi.

Kecha jamoa a'zolari "So'g'diyona"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Tarkiba hech qanday yo'qotishlar yo'q, barcha futbolchilar birgalikda mashg'ulotda ishtirok etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - "Obod" uchrashuvi 14 oktyabr kuni Jizzax shahridagi "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia