

Aytish kerak, murabbiylar shtabi jamoa o'zagini deyarli aniqlab bo'ldi. Hozirda mashg'ulotlarda asosan o'yinni shakllantirishga e'tibor qaratilmoqda. Qolaversa, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali ham jamoaviy o'yin shakllantirilishga harakat qilinmoqda.
"Obod" ertaga navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Raqib birinchi liga vakili "Andijon" bo'ladi. "Obod" maydonida bo'lib o'tadigan bellashuv 14:30da boshlanadi.




