Obameyyang Italiya grandlaridan biriga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017, 11:28
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang Italiya grandiga o'tmoqchi.

Gabonlik faoliyatini "Milan"da davom ettirish niyatida.

Ayni damda Obameyyangning Dortmund klubidagi kelajagi so'roq ostida. Oldinroq, jamoadoshlari bilan munosabati yomonlashgani tufayli hujumchi qishda klubni tark etishni istayotgani haqida e'lon qilingan edi. Dortmundliklar ustozi Peter Bosh Obameyyang bilan xayrlashmoqchi emas.

Rossonerlar yozda Obameyyangga qiziqish bildirgan edi, biroq qiziqish muzokaralargacha yetib bormagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport