Obameyyang: "Agar o'sishni istasam yozda "Borussiya"ni tark etishim lozim"

Aslanov Jasurbek
1 fev 2017, 10:41
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyangning so'zlariga ko'ra, u klubini o'zgartirish haqida o'ylayapti.

"Mavsum oxirida "Borussiya"ni tark etish haqida jiddiy o'ylab qoldim. "Borussiya" ajoyib muxlislarga ega, kuchli klub. Ammo agar o'sishni istasam, unda qolishim kerakmi? Qaror qabul qilish uchun menga vaqt kerak. Biroq fikrimcha, yozda "Borussiya"ni tark etish lozim. 27 yoshdaman, buni amalga oshirishim kerakmi?

Variantlarni ko'rib chiqish kerak. Futbolchi zaxirada o'tirish uchun boshqa klubga o'tmaydi. "Real" borasida ko'p shov-shuv bo'ldi. Dunyoda "Real"dan boshqa klublar ham bor, ammo bu klubga o'tish mening orzuim bo'lib qolaveradi" - deydi Obameyyang.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC