OAV: "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritadi

Alisher
28 okt 2019, 18:20
France Football jurnalining yilning eng yaxshi o'yinchisiga beradigan "Oltin to'p" sovrini bu yil Krishtianu Ronalduga beriladi.

Xabarlarga ko'ra, France Football vakillari Turinga tashrif buyurishgan. Ular shundan so'ng 34 yoshli futbolchining vakillari va klub sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashuv o'tkazishgan.

Taxmin qilinishicha, jurnalistlar o'yinchidan intervyu olishgan va Ronalduning g'olibligidan so'ng ushbu video ommaga namoyish etiladi.

G'olib 2 dekabr kuni Parijdagi "Shatle" teatrida e'lon qilinadi. Sovrin uchun da'vogarlar ro'yxatida hozircha 30 o'yinchining ismi ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport