"Nyukasl" "Lester" o'yinchisiga shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
13 okt 2021, 08:16
"Nyukasl" "Lester" himoyachisi Uesli Fofanaga qiziqish bildirmoqda.

Klub 20 yoshli futbolchining atrofidagi insonlar bilan aloqani boshladi va ilk taklifni tayyorlamoqda.

Shunday ekan, Fofana "Nyukasl"ning qishki transfer oynasi uchun bosh transferlaridan biri bo'ladi.

Taklif tez orada berilishi mumkin - futbolchi jarohatdan so'ng safga qaytishi bilan.

Fofana o'tgan mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport