"Nyukasl" Atsu transferi borasida "Chelsi" bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
16 may 2017, 18:45
2016/17 mavsumda ijara asosida "Nyukasl"da to'p tepgan "Chelsi" hujumchisi Kristian Atsuning transfer huquqini bu yil Premer-ligaga chiqqan jamoa sotib oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, qora-oqlar rahbariyati londonliklar bilan 25 yoshli ganalik transferi borasida kelishib oldi.

"Nyukasl" Atsu uchun 6,2 mln. funt to'laydi. Kritianning o'zi 4 yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuv 1 iyul kuni amalga oshadi.

Joriy mavsumda Kristian Atsu Chempionshipning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports