"Nyukasl" APL antirekordini takrorladi

Оқил Абдубарноев
19 dek 2021, 22:34
Angliya chempionatining 18-turida "Nyukasl" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, yirik hisobda mag'lub bo'ldi (0:4).

"Nyukasl" 2021 yilda Premer-ligada 79 ta gol o'tkazib yubordi. Bu turnir tarixidagi eng yomon natijaning takrorlanishidir - 1994 yilgi mavsum "Ipsvich" ham xuddi shuncha gol o'tkazib yuborgan.

Shu bilan birga, klubning 2022 yilgacha "Manchester Yunayted" (27 dekabr) va "Everton" (30 dekabr)ga qarshi o'yinlari bor hamda bu antirekord yangilanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta Sports