No'mon Hasanov: "Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi"

Narzulla Saydullayev
13 sen 2018, 21:22
“Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va “Qo'qon-1912” yetakchilaridan biri O'tkir Yusupov qatnashishdi.

No'mon Hasanov: - O'yin chiroyli, shiddatli ruhda bo'ldi. Futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Barcha borini berib harakat qildi. Sidiqovning goli juda chiroyli chiqdi. VIDEO Faqat gol o'tkazvorgan vaziyatda futbolchilarimiz biroz koncentraciyani yo'qotishdi. Bugun durang o'ynagan bo'lsak-da, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Bugungi o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Takror aytaman, superligadagi har bir uchrashuv shunday shiddatli o'tadi. Bunga bugun yana bir bor guvoh bo'ldik.

Jamoam bugun ikki taymda ikki xil taktikada o'ynadi. Albatta o'ng qanot himoyasida Murod Holmuhammedovning yo'qligi bilindi.

Oybek Rustamov terma jamoadan keldi, balki shuning uchun biroz kirishib ketishi qiyin bo'lgandir. Oybek yaxshi futbolchi.

O'tkir Yusupov: O'yin muxlislarga yoqdi, deb o'ylaymiz. Murabbiylarimiz ko'rsatmalarini bajarishga intildik. Lekin xatoga yo'l qo'ydik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi bahslarda ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz