No'mon Hasanov : "Hokim kubogi" turniri bizga katta foyda berdi"

Narzulla Saydullayev
8 fev 2017, 11:27
Farg'onada yakunlangan “Hokim kubogi ” turnirida birinchi marta Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasi bosh sovringa ega chiqdi.

O'yindan so'ng  jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov  o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

- “Hokim kubogi” bizga juda maqul bo'ldi. Sababi biz hali ko'p futbolchilar bilan shartnomalarni imzolamagan edik. Bu turnirdagi o'yinlar orqali ixtiyorimizdagi barcha futbolchilarni imkoniyatlarini tekshirib oldik. Shuningdek xar-xil o'yin uslublarini sinab ko'rdik. Uchrashuvlar har ikki-uch kunda bo'lgani bizga yanada maqul bo'ldi. Futbolchilarni jismoniy holatlarini ham tekshirib oldik.


“Hokim kubogi” turniri tashkilotchilariga, shaxsan viloyat hokimi SH.G'anievga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Bu musobaqa bizga katta foyda berdi deb bemalol ayta olaman.

Yana shuni aytmoqchimanki biz hali barcha o'yinimizni ko'rsatmadik. Jamoa to'liq tarkibi shakllanib bo'lgani yo'q.  Oldimizda 10-fevraldan boshlanadigan yig'in turibdi. Bu yig'inimiz Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Biz mana shu yig'in davomida bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazamiz va ushbu o'yinlarda  asosiy tarkibni aniqlab olishga e'tibor qaratamiz.

Turnir davomida bizni qo'llab turgan barcha muxlislarimizga katta rahmat, sog'-salomat bo'lishsin.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia