

- Avvalo, barchangizni kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. G'alaba ularga munosib sovg'a bo'ldi, deb o'ylayman. To'g'ri, bir-biriga o'xshamagan taymlar guvohiga aylandik. Lekin futbolchilarimizga ham oson emas. Har uch kunda o'ynashga to'g'ri kelmoqda. Shunday bo'lsa-da, g'alaba qozonganimiz ayni muddao bo'ldi.




