Nolito "Selta" bilan shartnomasini uzaytirishni istamadi

Aziz Tukhtamuradov
24 sen 2015, 16:29
El Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, "Selta" futbolchisi Nolito jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishni istamayapti.

28 yoshli futbolchi "Barselona" safiga borib qo'shilishni istamoqda.
Kataloniyaliklar yozda futbolchi borasida qiziqish bildirgandilar. Biroq, ular yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydilar.

Vigoliklar esa jamoaning eng yaxshi to'purariga yangi shartnoma va hozirgidan bir necha barobar ko'p maosh taklif qilmoqdalar. Biroq, futbolchi jamoada qolishni istamayapti.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net