Nikolya Pepe: "Ronaldu Messi haqida juda ko'p gapiradi. "Naruto"da kim tinmay valdiraydi? Saske. Kim jim yuradi? Naruto"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2025, 17:25
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Nikolya Pepe Krishtianu Ronaldu Lionel Messiga hasad qiladi deb hisoblaydi.

– Ronaldu juda ko'p intervyu beradi, Messi haqida haddan tashqari ko'p gapiradi. Uning ikkinchi raqamli ekani yaqqol ko'rinib turibdi.

"Naruto" haqida eshitganmisiz? "Dragon Ball Z" haqida-chi? Vegetani bilasizmi? U doim gapiradi, doim o'zini kim bilandir taqqoslaydi. Kim hech qachon gapirmaydi? Goku. "Naruto"da ham xuddi shunday. Kim tinmay valdiraydi? Saske. Kim jim yuradi? Naruto.

– Siz Messi – bu Naruto, Saske esa – Krishtianu demoqchimisiz?

– Krishtianu – bu Vegeta. Ronaldu o'zidan pastroq bo'lgan inson undan o'zib ketayotganidan g'azabda, – dedi Pepe bloger "Just Riadh"ga bergan intervyusida.

Qayd etish joiz, "Naruto" animesida bosh qahramon uzoq vaqt davomida Saskega tenglashishni hamda mahorat va mashhurlik bobida u kabi bo'lishni maqsad qilgan, aksincha emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Just Riadh