"Arsenal" sobiq vingeri Nikolya Pepe "Vilyarreal" o'yinchisiga aylandi

Alisher
4 avg 2024, 21:27
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Nikolya Pepe "Vilyarreal" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 29 yoshli ivuarlik jamoaga erkin agent maqomida qo'shildi. Uning "Vilyarreal" bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Pepe so'nggi mavsumni "Trabzonspor"da o'tkazdi. U turk jamoasi 23ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi. Futbolchi bunga qadar "Arsenal", "Nicca", "Lill", "Orlean" va "Anje" jamoalari to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es