

Kante hozirgi klubidan uzoq yillik bitim talab qilmoqda, biroq "ko'klar" ehtiyotkorlik bilan ish tutishni afzal ko'rishyapti.
Futbolchining "Stemford Brij"ni tark etishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda. Unga ancha vaqtdan buyon qiziqib keladigan PSJ vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin.
31 yoshli futbolchi APLda qolishni istasa, "Tottenxem" va "Arsenal" kabi ehtimoliy variantlar ham mavjud. Parij klubi uzoq vaqtdan buyon muxlislik qilib keladigan sevimli futbolchisini xarid qilishga urinib ko'radi.
Fransiyalik futbolchi ushbu mavsum Premer-liganing 2 ta bahsida ko'rinish berdi.



