Nigeriya U17ning 26 futbolchisi yosh testidan o'ta olmadi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2016, 18:14
Nigeriya U17 terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatiga kiritilgan 60 futbolchidan 26 nafari yoshni tasdiqlovchi testdan o'ta olmadi.

Mansabdor shaxsning so'zlariga ko'ra, faqat asosiy tarkibdan o'rin olgan 2 futbolchining yoshi hujjatda ko'rsatilgandagiga mos kelgan.

"Bu falokat. Bunday xatoga yo'l qo'ygan murabbiylar diskvalifikaciya qilinadi. Bu jiddiy muammo" - deydi mansabdor.

Test natijalarini bilgan futbolchilar shokka tushib qolishdi, bazilari xato yig'lab yuborishdi. Nigeriya 2015 yilda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida jahon chempion bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: African Football