

Ma'lumotlarga ko'ra, Kavanining shartnomasida Fransiya chempionatida eng yaxshi to'purari bo'lgani uchun 1 mln. evro bonus olishi yozilgan. Aynan shunday band Neymarning bitimida ham mavjud.
Avvalgi mavsumlarda PSJ sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich gol urish bo'yicha ro'yxatda birinchi bo'lgani uchun 1,5 mln. evrodan olgan.
Oldinroq, Neymar va Kavani "Lion"ga qarshi bahsdan so'ng (2:0) kiyinish xonasida mushtlashib ketishiga bir bahya qolgani, biroq ularni jamoadoshlari ajratib qolgani e'lon qilingan edi.


