Neymar so'nggi 6 yilda ilk marotaba karnavalni o'tkazib yuboradi. U xatto singlisining tug'ilgan kuniga ham bormasa kerak

Aslanov Jasurbek
24 fev 2020, 13:26
Rio-de-Janeyroda ananaviy Braziliya karnavali start oldi.

Bu safar karnavalda Neymar ishtirok etmaydi. Bu sanalarda futbolchi diskvalifikaciya yoki jarohat olib Braziliyaga uchib ketishiga hamma o'rgani qolgan edi. Ammo bu safar hammasi boshqacha. Braziliyalik "Instagram"da efirga chiqib, PSJ muxlislarini tinchlantirdi: "Katta mamnuniyat bilan shuni aytmoqchimanki, bu yil Braziliyadagi karnavalni o'tkazib yuboraman. Bu safar munozaralar bo'lmaydi. Raxmat. Karnavalni yaxshi o'tkazing!".


Neymar g'azabda

Hammasi "Barselona"da boshlangan: 2015 va 2016 yillarda futbolchi diskvalifikaciya olib, vataniga uchib ketgan. Keyingi uch yilda jarohat oldi. Ammo bu safar emas.


Tez orada Parij klubi ikkita muhim bahs o'tkazadi - "Lion"ga qarshi Fransiya Kubogi yarim finali va Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahs. Birinchi o'yinda nemis klubi (2:1) g'alabaga erishdi. Bu uchrashuvdan oldin Neymar sog'ligidagi muammolar tufayli 4ta o'yinni o'tkazib yubordi.

Bu vaqt ichida u Germaniyadagi modalar ko'rgazmasida ishtirok etdi. Fransiya matbuotining yozishicha, PSJ rahbariyati braziliyalikning bu ishidan norozi bo'lgan ekan. "Borussiya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Neymar o'z klubini ochiqchasiga tanqid qildi: "To'rtta o'yinni o'tkazib yuborish qiyin. Afsuski, bu mening tanlovim emas. Klub hamda shifokorlar shunga qaror qilishdi va bu qaror menga yoqmadi. Ushbu mavzuda ko'plab bahs-munozaralar bo'ldi, chunki men maydonga tushishni istagandim. O'zimni yaxshi his qilayotgan edim, biroq klub qo'rqdi. Yakunda eng ko'p aziyat chekkan men bo'ldim. Klub qarorini hurmat qilaman, ammo futbolchi jabr-diyda bo'lishi noto'g'ri".


Bu yil Neymar singlisining tug'ilgan kuni "Borussiya"ga qarshi CHL javob o'yiniga to'g'ri keladi va braziliyalik uyiga keta olmaydi. Futbolchi singlisining tug'ilgan kunini xuddi Braziliya karnavali kabi 6 yildan beri o'tkazib yubormagan edi, balki g'azab shunga bog'liqdir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru