Neymar PSJ rahbariyatiga faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlashini aytdi

Alisher
9 noya 2020, 14:52
PSJ forvardi Neymar kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga keldi.

28 yoshli hujumchi Parij grandi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Neymar bu haqda klub sport direktori Leonardoga ma'lum qildi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yilning yozida "Barselona"dan PSJga 222 million evro evaziga o'tgan edi.

Neymar joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal