Neymar Chempionlar ligasining 1/4 final o'yinlarigacha oyoqqa turishni reja qilmoqda

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 18:45
Agar PSJ Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etsa, parijliklar hujumchisi Neymar chorak finalda o'z jamoasiga yordam berishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik uning davolanish jarayoni muvaffaqiyatli o'tayotganini aytgan. Forvardning so'zlari bo'yicha, u evrokubokning keyingi bosqichigacha safga qaytishni reja qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar "Strasburg"ga qarshi Fransiya Kubogi bahsida oyog'ining kichik barmog'ini sindirib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com