

Xabar berishlaricha, Saudiya Arabistoni klubi Lionel Messi "Inter Mayami"ga o'tib ketgach, e'tiborini braziliyalik transferiga qaratgan. Ma'lum bo'lishicha, "Al Hilol" vakillari juma kuni Parijga yo'l olishgan va Neymarning o'zi yaqin sharqqa ko'chib o'tishga qanday qarashini bilishmoqchi. Agarda kelishuv amalga oshsa, Neymar yiliga 200 mln evro ishlab topadi. Shunday qilib, uning maoshi "Al Nassr"da Krishtianu Ronaldu olayotgan summaga teng bo'ladi.
"Al Hilol" "Pari Sen-Jermen"ga transfer uchun 45 mln evroni to'lab berishga ham tayyor, lekin rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.


