Neymar 7ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Alisher
14 sen 2020, 18:47
PSJ hujumchisi Neymar uzoq muddat o'yinlarda ishtirok etmasligi mumkin.

Braziliyalik futbolchi kecha Liga 1 doirasidagi "Marsel"ga qarshi o'yinda raqibi Alvaro Gonsalesning boshiga zarba berdi. Yulduz irqchilikda ayblanmoqda.

Neymar 4tadan 7ta o'yinga qadar muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Hammasi hakamning chetlatishga sabab bo'lgan sabablar borasidagi bayonnomaga bog'liq.

Neymarning Gonsalesning yuziga urmaganlik uchun afsusda ekanligini aytganidan kelib chiqsak, jazo qattiqroq bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport