

Aytish kerakki, jamoa Antaliyaga yetib borgan kuniyoq ilk mashg'ulotini o'tkazgan. Bugun esa ikki maxaldan mashg'ulotlar boshlandi. Antaliyada Nikita Pavlenko ham "Neftchi" delegaciyasi tarkibiga qo'shilganini aytib o'tish mumkindir.
Muxlislar uchun ajoyib yangilik bor. Bugundan "Neftchi" safiga ikki nafar belorussiyalik futbolchi Sergey Koncevoy hamda Dmitriy Komarovskiylar kelib qo'shilishdi. O'tgan mavsumni Belorussiyaning "Isloch" jamoasida o'tkazgan himoyachi Dmitriy Komarovskiy va Minskning "Dinamo" jamoasida faoliyat yuritgan bo'ydor yarim himoyachi Sergey Koncevoylar Farg'ona jamoasi ko'rigida bo'lib turishibdi. Tez orada jamoaning uchinchi legioner hujumchisi ham safga qo'shiladi va jamoa to'liq tarkib bilan mashg'ulotlar jarayonini davom ettiradi.





