

Birinchi davrani “Olmaliq” jamoasida o'tkazgan yarim himoyachi Nikita Pavlenko hamda “Qo'qon-1912” jamoasidan kelgan Furqat Hasanboevlar rasman “Neftchi” PFK vakiliga aylanishdi. Kuni kecha mazkur futbolchilar Farg'ona klubi bilan yangi shartnomaga qo'l qo'yishdi. Bitimga ko'ra, Pavlenko hamda Hasanboev kelasi yilning so'nggiga qadar “Neftchi”da faoliyat yuritishadi.
Biz esa Nikita Pavlenko hamda Furqat Hasanboevlarning “Neftchi”dagi faoliyati davomiy g'alabalarga boy bo'lishini tilab qolamiz!



