"Neftchi" bugun Rossiya klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2024, 17:07
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Neftchi" futbol klubi rejadan o'rin olgan o'rtoqlik nazorat uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

13 yanvar kuni Niderlandiyaning "XBS" klubiga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang o'ynagan "Neftchi" navbatdagi nazorat bahsida Rossiyaning Birinchi ligasi vakili "SKA Xabarovsk" klubi bilan kuch sinashadi.

Raqib bo'yicha qisqacha ma'lumot: "SKA Xabarovsk" futbol klubi 1946 yilda tashkil topgan. Uy stadioni 15200 tomoshabingga mo'ljallangan bo'lib, ayni paytda jamoa Rossiya Birinchi ligasi musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. Jamoaga taniqli mutaxassis Roman Sharonov bosh murabbiylik qilib kelmoqda.

"Neftchi" - "SKA Xabarovsk" o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи” матбуот хизмати