"Neftchi" afsonasi klubga qaytdi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2025
"Neftchi" afsonasi Abdumajid Toirov Farg'ona jamoasiga qaytdi.

Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati e'lon qildi.

"Bir vaqtlar "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to'p surib, muxlislar e'tiborini qozongan Abdumajid Toirov yana "Neftchi"ga qaytdi. U yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U19 va U21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi. 


Ma'lumot uchun, Abdumajid Toirov 1974-yil 5-avgust kuni  Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida O'zbekiston oliy ligasida debyutini 1996-yili ASK (Termiz) klubida boshlagan.Futbolchi klub bilan to'rt mavsumni o'tkazdi va 60 ta o'yinda ishtirok etdi. 2000-yilda esa u o'sha davrning eng kuchli klublaridan biri – Farg'onaning „Neftchi“ jamoasiga o'tib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq o'yinda maydonga tushdi. 2001-yilda mamlakat chempioni va to'rt karra kumush medali sovrindori, uch karra O'zbekiston kubogi finalchisi bo'lgan.


Abdumajid Toirov yoshlar bilan ishlashda bor mahoratini ishga solib, quvonchli natijalarga erishadi, deb umid qilamiz" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia