Navbat fransiyaliklarga. Liga 1da iste'fo

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 17:08
Bir necha daqiqa oldin Angliya Premer-ligasida iste'fo yuz bergan edi.

Endi Fransiya klubi hisoblanmish "Renn" jamoa bosh murabbiyi Sabri Lyamushi bilan hamkorlikni to'xtatdi.

MUtaxassis bir yil avval klubga kelgan edi. "Renn" jamoasini vaqtincha ikkinchi murabbiy Julen Stefan boshqarib turadi.

"Renn" 15 turdan so'ng Liga 1 turnir jadvalida 17 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi. Jamoa Yevropa ligasida ham ishtirok etmoqda. Fransiyaliklar 5ta uchrashuvdan so'ng 6 ochko to'plab, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia